1-iyul Oʻzbekiston milliy valyutasi – soʻm muomala kiritilgan kun
1994-yilning 1-iyul sanasida milliy valyuta — soʻm muomalaga kiritilgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun juda koʻp izlanishlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganilgan. 1993-yilning 15-noyabridan boshlab toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-kupon” muomalaga kiritilgan. Pul islohotini amalga oshirish borasida maʼlum tajribaga ega boʻlish uchun “Soʻm-kupon” oʻtish valyutasi sifatida xizmat qilgan.
Ushbu yoʻnalishda yetarli tajriba toʻplangach, 1994-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi “soʻm” muomalaga kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, yurtimizda joriy yil 14-iyundan boshlab 2000 va 20000 so'mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ming so‘mliklar muomaladan chiqariladimi?
50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullarni almashtirish muddati uzaytirildi
Auksionda Cobalt va Lacetti
Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi
AUKSIONDA “MAN” AVTOMASHINASI
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Izohlar (0)