Samarqandda kredit qarzdorligini to’lamagan fuqaro o’zini baland binodan tashlamoqchi bo’ldi

Maʼlum qilinishicha, holat 2021-yilning 28-iyun kuni Oqdaryo tumanida sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, Oqdaryo tumani “Toʻron” MFY Arpa qishlogʻida yashovchi fuqaro E.F. 2020-yil aprel oyida hunarmandchilikka yogʻoch mahsulotlari sotib olish uchun «Mikrokreditbank»ning Loyish filialidan 30 million soʻm kredit olgan.
Fuqaroning oylik kredit qarzini toʻlash summasi 2 million 895 ming soʻm boʻlib, 2021-yil may—iyun oylari uchun toʻlovni amalga oshirmagan.
Sud qaroriga asosan, majburiy ijro boʻlimi xodimlari qarzni undirish maqsadida fuqaroning uyiga borgan. Bundan norozi boʻlgan E.F. tumandagi «Mikrokreditbank» ATB Oqdaryo filiali oldidagi binoning yuqori qavatiga chiqib, oʻzini tashlamoqchi boʻlgan.
Jamoat tartibini saqlash maqsadida hodisa joyiga IIB xodimlari yetib borib, fuqaro bilan tushuntirish ishlarini olib borganidan soʻng E.F. fikridan qaytgan.
Shuningdek, fuqaro uning turmush oʻrtogʻi M.N.ning ham «Mikrokreditbank»dan toʻlanmagan 2 oylik, jami 2 million 50 ming soʻm qarzdorligi mavjudligi aniqlangan. Fuqaro F.E.ga nisbatan bank tomonidan qonun buzilish holatlari sodir etilmagan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ijtimoiy tarmoqlarda «davlat kredit bermaganligi uchun fuqaro oʻzini binodan tashlamoqchi boʻldi”, deb notoʻgʻri talqin qilinganligini maʼlum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)