Ijtimoiy tarmoqlar ishi cheklandi
Oʻzbekistonning nazorat organlari shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunni buzganligi sababli Twitter, TikTok va VKontakte ijtimoiy tarmoqlarining ishini cheklashdi, deb xabar qiladi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi (Uzkomnadzor) matbuot xizmati.
2021 yil yanvar oyi oxirida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida" gi qonunga tuzatishlarni imzoladi, unga koʻra 15 apreldan boshlab barcha internet-resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy maʼlumotlarini mamlakat hududida saqlashi shart.
Talablariga rioya qilish zarur
Keyinchalik, Uzkomnadzor bir qator xorijiy internet-kompaniyalarga - Facebook Inc Google, Mail.ru, Microsoft Skype, Telegram, Tencent Wechat, TikTok, Twitter, Yandex qonunlarning belgilangan talablariga rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida xabar beradi.Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar Internet tarmogʻida tegishli resurslardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda cheklanadi, deya qoʻshimcha qildi matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha taklif berildi
Myanmada Facebook nima sababdan bloklandi?
Twitterda yangilik
Telegram Google Playdan oʻchirib yuborilishi mumkin
Hindistonda TikTok abadiy bloklandi
Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
Izohlar (0)