1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha taklif berildi
Koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish, aholi salomatligini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent shahrida ommaviy-madaniy tadbirlar oʻtkazilishida karantin talablariga rioya etilishi boʻyicha nazorat kuchaytiriladi.
Bu haqda poytaxtda koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining yigʻilishida maʼlum qilindi.
Shtab yigʻilishida poytaxtda toʻy, maraka va marosimlarni oʻtkazishda ham Respublika maxsus komissiyasi qarorlari bilan belgilangan tartib-qoidalar va karantin talablari, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha nazoratni qatʼiylashtirish belgilandi.
Shuningdek, Toshkent shahar shtabi tomonidan:
- sport musobaqalarini tomoshabinsiz oʻtkazish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi;
- epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1-aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatib turish yuzasidan Respublika maxsus komissiyasiga taklif kiritishga kelishib olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Agar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi mumkin” – Bahodir Yusupaliyev
JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …
Bogʻchalardan birida koronavirus aniqlandi
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
TOSHKENTDA YUK MASHINALARINING HARAKAT VAQTI CHEKLANADI
Xunuk holat
Izohlar (0)