Ogoh boʻling, internet fribgarlari!
Oxirgi kunlarda Internet tarmogʻida turli firibgarlarning oson boylik orttirish maqsadida chet eldan turib vatandoshlarimizni aldab, plastik kartalaridagi pullarini oʻzlashtirishning yangi usullari ommalashib bormoqda.
Bunga firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarga turli murojaatlar joʻnatib, ishonchiga kirish hamda javob berishga undash orqali erishmoqdalar.
Masalan: “Sizning nomingizga chet eldagi shu insondan katta miqdordagi meros qoldirilgan, men uning advokati boʻlaman, pasport maʼlumotlaringizni plastik karta raqamlaringizni yuborsangiz yoki merosni rasmiylashtirish uchun dastlabki toʻlovlarni amalga oshirishingiz lozim, shuncha miqdorda pul yuboring”;
“qoʻshni Afgʻoniston Respublikasiga harbiy xizmatni oʻtash uchun kelganman, ushbu joyda muhim topshiriqni bajarganligim uchun katta miqdorda pul berildi, buni AQSHga olib keta olmayman rasmiylarning bu haqida xabari yoʻq, shuni Sizni nomingizga yuborsam, xizmatni oʻtab chiqib Oʻzbekistonga boraman shu yerda birga biznes qilib ishlatamiz”;
“Xalqaro joʻnatmalardanmiz Sizga yuk yuborilgan, olishingiz uchun toʻlovni amalga oshiring” deb turli xildagi pochta joʻnatmalari yorligʻi yopishtirilgan, soxta tusi oʻzgartirilgan fotosuratlarni yuboriladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boʻlimidan bildirishnoma! Siz Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan materiallar, yaʼni pedofiliya, zoʻravonlikni targʻib qilish elementlariga ega boʻlgan pornografiya materiallari mavjud boʻlgan pornografik saytlarga tashrif buyurganligingiz uchun blokirovka qilindingiz. Blokirovkani yechish uchun Siz shu plastik raqamiga davlat hamyoniga 310.000 soʻm miqdorida jarima toʻlashingiz zarur”;
“Siz lotoreyada gʻolib chiqdingiz yoki sovgʻalar soni cheklangan aksiyada ishtirok eting, sovgʻani qoʻlga kiriting” va boshqa koʻplab turli xil mazmundagi murojaatlar orqali, fuqarolarimizni qiziqtirish va muloqotga kirishishga undash.
Muloqot jarayonida jinoyatchilar jabrlanuvchiga oʻzi haqidagi yolgʻon toʻqima maʼlumotlarni, fotosuratlarini yuborib, ishonchiga kiradi, soʻngra elektron pullarini qoʻlga kiritmoqda.
Noqonuniy harakatlarning belgilari sifatida umuman begona shaxs Sizga toʻgʻridan-toʻgʻri taklif bilan murojaat qilib qolishi, chet el telefon nomerlari orqali chiqishi, foydalangan veb-saytida noaniqliklar borligi, misol uchun mvd.mvd.mvd kabi shubhali rasmiy boʻlmagan veb-saytlardan foydalanilganligi va boshqalarni koʻrish mumkin.
Bu kabi holatlarga tushib qolmaslik uchun, ijtimoiy tarmoqlarda begona fuqarolar bilan umuman muloqot qilmang, internetda manfaat keltiruvchi har qanday taklifga shubha bilan qarang, pullaringizni joʻnatish zarur boʻlganda ham ozroq fursat tanaffus qilib, bir nechta yaqinlaringiz bilan maslahatlashing, keyin qaror qabul qiling.
Sizga biror kishi oʻzidan-oʻzi moddiy manfaat keltiruvchi harakatlarni shunchaki qilib bermasligini yodda tuting.
Ogoh boʻling!
IIV Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Internet firibgarlari
Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
“INTERNET MAKONI" JAMOATCHILIK NIGOHIDA
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
“Internet makoni: muloqot uchun yoki manipulyatsiya va «xayp” uchun maydonmi?”
Izohlar (0)