Navoiy IESda nosozlik yuzaga keldi
7-iyul kuni soat 05:48da Navoiy issiqlik elektr stansiyasining bugʻ-gaz qurilmalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi 2-tarmoq gaz quvurida gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlarini xavfsiz bajarish uchun “Navoiy-4” gaz taqsimlash stansiyasi orqali gaz taʼminoti toʻxtatilmoqda.
Mazkur ishlarni toʻliq yakunlash jarayonida Navoiy issiqlik elektr stansiyasining 1-son bugʻ-gaz qurilmasi vaqtinchalik toʻxtatib turiladi.
Shu sababli respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, iyul oyining birinchi yarmida mamlakatimiz hududida havo haroratining keskin koʻtarilishi va 6-8-iyul kunlari respublikaning sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli 223 million kilovatt soatgacha yetishi kutilmoqda. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan mavsumning mos davriga nisbatan 23 foizga koʻpdir.
Shu bilan birga, respublikamiz suv omborlariga suv kelish hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga kam yoki koʻp yillik oʻrtacha suv kelishining 48 foizini tashkil etmoqda. Bu holat gidroelektr stansiyalarning ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining pasayishiga olib kelmoqda. Shunga qaramasdan, mamlakatimizda elektr stansiyalar orqali rejada koʻrsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari koʻrilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekistonda sanoat miqyosidagi ilk quyosh elektrostansiyasi ishga tushiriladi
“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
FFV kuchli shamol xavfidan ogohlantirdi
Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Izohlar (0)