“Tracker”ga yashirilgan 25 800 AQSH dollari fosh bo’ldi

Jumladan, Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg’ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O’zbekiston qo’shni respublikasiga harakatlanayotgan fuqaro D.C. boshqaruvidagi “Tracker” rusumli avtotransport vositasi to’xtatilib, belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o’tkazildi.
Natijada, avtomashina old o’rindig’ining orqa cho’ntagida bojxona nazoratidan yashirilgan, bojxona xodimining og’zaki so’rovida ma’lum qilingan hamda yo’lovchi bojxona deklaratsiyasida ko’rsatilmagan jami 25 800 AQSH dollari borligi aniqlandi.
Hozirda bojxona organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)