Joʻnatmada joylashgan narkotik
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi xodimlari bilan Davlat xavfsizlik xizmati hamkorlikda 2020-yil sentyabr oyida oʻtkazilgan tezkor talbirlardan soʻng bir shaxsning qingʻir ishlariga chek qoʻyildi. Fuqaro Botirov telegram messenjirida Xizr ismli notanish shaxs bilan tanishib qoladi. Ushbu shaxsning topshirigʻiga binoan Botirov mumay daromad evaziga narkotik moddalarni qabul qilib olishi, mayda turkumlarga ajratib, tarqatishi lozim edi. Narkotik moddalar unga pochta joʻnatmasi orqali yetkazib berilishi kerak edi. Bojxona organlari xodimlarini chalgʻitish uchun nayranglar qoʻllaniladi. Yaʼni, 96.28 gr ogʻirlikdagi narkotik moddalar joʻnatmadagi “Pioner” rusumli avtomagnitafonning ichki qismiga yashriladi. 202-yil 16-sentyabr kuni mazkur joʻnatmani qabul qilib oladigan vaqti tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olinadi. Bundan tashqari Xizr ismli shaxsning Yunusobod va M. Ulugʻbek tumanlaridagi fuqaro Botirovga joʻnatgan koordinatorlari belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, ushba joylarga ham 45 dona oʻramlarda 30 grammdan narkotik moddalar yashirib qoʻyilgani fosh boʻldi. 2020-yilning 24-sentyabrida Botirov nomiga xorijdan joʻnatilgan joʻnatmalarda ham narkotik moddalar topiladi. Bu gal ham bojxona xodimlarini chalgʻitish uchun 5.6 gr ogʻirlikdagi narkotik modda “mikrolab” ovoz kuchaytirgich ichiga yashiringan edi.
Mazkur holatda huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qoʻyilgan 132 grammdan ziyod narkotik moddalar ekspertiza xulosasiga asosan “alfa-PVP” turkumidagi sintetik narkotik moddalar ekanligi aniqlandi. Amaldagi tartibga koʻra mazkur narkotik moddalarning 0.2 grammining oʻzi jinoiy javobgarlikka sabab boʻla oladi, deb xabar beradi zamon.uz.
Ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yuzasidan sud oʻz ishini yakunladi.
Sud qaroriga koʻra Botirov yetti yarim yilga qamoq jazosini oʻtashga hukm qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Bojxona to‘lovlarisiz
“Brilliant qoʻlli” yoʻlovchi hibsga olindi
Oʻzbekiston fuqaroligidan chiqmagan holda boshqa davlat fuqarosi boʻlish mumkinmi?
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
Izohlar (0)