Patrul-post mashinasi YTHga uchradi
Ijtimoiy tarmogʻlarda tarqalayotgan – Toshkent shahar IIBBga tegishli xizmat avtomobili ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi aks etgan videotasvir boʻyicha IIBB quyidagilarni maʼlum qildi.
2021-yil 11-iyul kuni Chilonzor tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimi safdor 1986-yilda tugʻilgan Asan Utarov xizmatdoshi safdor Jaxongir Zokirov bilan “Nexia-2” rusumli (davlat raqami 01 546 VSF) patrul avtomobilida xizmat olib borayotgan edi.
Bunyodkor shox koʻchasida “Erkin” YPX postidan poytaxt avtovokzali tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtida, “Chilonzor buyum savdo kompleksi” savdo kompleksi yonida, oldinda harakatlanib ketayotgan va toʻsatdan toʻxtagan 1990-yilda tugʻilgan Elbek X. Boshqaruvidagi “Nexia-1” rusumli (davlat raqami 70 V 256 FA) avtomobil bilan toʻqnashib ketdi.
YTH sababi – piyoda oʻrnatilgan qoidalarga rioya etmasdan avtomobilning oldidan chiqib qolgan va avtomobil tezkorlik bilan toʻxtashga majbur boʻlgan.
Toʻqnashuv natijasida hech kim jarohatlanmaganligi, transport vositalari jiddiy shikastlanmaganligi va taraflar oʻzaro kelishib olganligi sababli, yoʻl-transport hodisasi haqida YPX inspektoriga xabar berilib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgandan soʻng, oʻz yoʻnalishida harakatni davom ettirishgan.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan oʻrganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)