Quloqchin taqib yurgan bolani poyezd urib ketdi
Joriy yil 21-mart kuni soat 11:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasidan oʻtgan Rovuston-Namangan temir yoʻl oraligʻini 88 km. 6-piketida, Rovuston bekatidan-Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan, Qoʻqon lokomotiv deposi mashinist boʻlib ishlovchi, Fargʻona viloyatida yashovchi, 1972-y.t. fuqaro teplovozni 6 dona vagon bilan boshqarib ketayotgan vaqtida, quloqchindan foydalangan holda temir yoʻl izidan ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002-y.t. fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, fuqaro bosh miya lat yeyishi, jagʻ suyagini sinishi, oʻng qoʻli lat yeyishi tashxisi bilan RSHTYOIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat boʻyicha Namangan viloyat IIB Transportda XTB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)