Davlat tili chuqur o‘rgatiladi

O‘tgan yili fevral oyida vazirlik tashkil topganidan so‘ng barcha tuman, shaharlarda “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tashkil etilgan. Mana shu yangi bo‘limlarning xatlarini jo‘natish uchun yozishma blankalari tayyorlangan. Afsuski mana shu blankalarni tayyorlashda nafaqat shahar tumanlarda balki viloyatlarda ham xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Masalan, Qashqadaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi blankasining rus tilida yozilgan tomoniga “Kashkadarinskoye oblastnoye upravleniye ministerstvo po podderjke maxalli i semi respubliki Uzbekistan” deb yozilgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati blankasi “Ministerstvo po podderjke maxalla i semi Respubliki Uzbekistan upravleniye Surxandarinskoy oblasti” deb ruscha matnda (mahalla) so‘zi o‘zbekcha yozilgan. Farg‘ona viloyati blankasi esa “Ministerstvo po podderjke maxalla i semi Respubliki Uzbekistan oblastnoye upravleniye Ferganskoy oblasti” deb oblast so‘zi ikki marotaba qayd etilgan.
Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma reja ishlab chiqildi. Qo‘shma reja asosida mahallalarda tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama hamda ko‘rgazmali afishalar matnlari davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini taʼminlash maqsadida 1527 ta mahallada o‘rganish ishlari olib borilib, 230 mingdan ziyod rus va boshqa xorijiy tillardagi reklama va afishalar olib tashlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi rahbari o‘zgardi

«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»

"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA

NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?

“Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasi foydalanishga topshirildi

Davlat tilida nom berish xizmati koʻrsatiladi.
Izohlar (0)