Nogiron erkakning uyida oʻgʻrilik sodir etildi. Ularga sud hukmi oʻqildi

Maʼlum boʻlishicha, voqea 28-dekabrdan 29-dekabrga oʻtar kechasi tumanning Sharq mahallasi hududida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, gʻijduvonlik 24 yoshli A. va Sh., 25 yoshli R., 23 yoshli M. hamda 19 yoshli M. ismli yigitlar “boy aka” nomi bilan tanilgan nogironligi bor tadbirkor S.S.ning xonadoniga bostirib kirgan.
Taʼkidlanishicha, ular xonadon egasini qoʻrqitish uchun pichoq bilan qurollanib, qora rangli futbolka bilan niqoblangan. Mazkur bosqinchilikda ular mashina yukxonasida boʻlgan 12,5 million soʻm pul va ikki dona telefon apparatini olib, yoʻl chetida kutib turgan “Damas”da voqea joyidan yashiringan.
Sud tomonidan A. Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi bilan aybdor deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Shu modda bilan ayblanuvchi Sh. 12 yil muddatga, R. va M. 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, fuqaro M.ga ushbu kodeksning 241-moddasi (Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

22 yoshli printer o’g’risi aniqlandi

Fribgar qizning sochini qirqib, telefonini olib qochdi

Qizni uylanishga majburlagan yigit sud oldida javob beradi

“Zulfiya” mukofoti sohibasi 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Surxondaryoda giyohvand modda sotayotgan shaxs qoʻlga olindi

Telefon o‘g‘rilariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Izohlar (0)