Telefon o‘g‘rilariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 26 yoshli Aziza A. murojaat qilib, 2.500.000 so‘mlik telefoni o‘g‘irlanganini ma’lum qildi.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchi – aniqlanib, qo‘lga olindi. 37 yoshli Enver A. savdo markazida bo‘lganida Aziza A.ning cho‘ntagidan telefonini o‘g‘irlab ketgan. Tergov davom etmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati.
Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo‘ling! Jamoat joylarida bo‘lganingizda shaxsiy buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)