Oʻqishini koʻchirtirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Fuqaro Sh.T. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qozogʻiston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi toʻgʻrisida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik oʻqishini tanishlari orqali Samarqand Davlat tibbiyot institutiga koʻchirtirib berish evaziga 5 000 AQSH dollar so‘raydi.
Firibgar 5 000 AQSH dollarni olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Qarshi tumanidagi hokimiyat zaxirasida turgan boʻsh yerni sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
Yerni sotmoqchi bo’lgan firibgar ushlandi
Farzandini sotayotgan ona ushlandi
Aviachipta firibgarlari
Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi
Namanganda imtiyozli kreditlarni o’zlashtirgan firibgar qo’lga tushdi
Izohlar (0)