Mualliflik huquqi
Mualliflik huquqlarining buzilish nafaqat internet ijtimoiy tarmoqlarida audiovizual asarlar va fonogrammalarni ruxsatsiz sotish, balki xususiy telekanallarda film va koʼrsatuvlarni shartnoma tuzmasdan efirga uzatish holatlariga ham duch kelinmoqda.
Fargʼona viloyati Intellektual mulk markaziga kelib tushgan murojaat asosida “Muloqot eksklyuziv” MChJ tomonidan yozuvchi Erkin Xushvaqtovning “Sizsiz oʼtmas kunlarim” nomli asari asosida tayyorlangan 20 seriyadan iborat audiovizual asarni “Muloqot” telekanalida muallif ruxsatisiz hamda shartnoma tuzmasdan qonunga xilof ravishda namoyish qilinganligi aniqlangan.
Mazkur noqonuniy harakati uchun huquqbuzarga maʼmuriy bayonnoma tuzilgan hamda jinoyat ishlari boʼyicha Qoʼqon shahar sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.
Nazirov Umidjon, Fargʼona viloyati Intellektual mulk markazi rahbari:
- Maʼlumki, Oʼzbekiston Respubikasining “Mualliflik va turdosh huquqlar toʼgʼrisida”gi Qonuniga binoan yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular boʼlmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin.
Demak, muallif roziligisiz hamda shartnoma tuzmasdan asardan foydalanish qonunga xilof boʼlib, javobgarlik belgilanishiga asos boʼladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirildi
Intellektual mulk obye’ktlarini himoya qilinishi
Hisobsiz foydalanilgach...
“Internet makoni: muloqot uchun yoki manipulyatsiya va «xayp” uchun maydonmi?”
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
“INTERNET MAKONI" JAMOATCHILIK NIGOHIDA
Izohlar (0)