Hisobsiz foydalanilgach...
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialining yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish boʻlimi masʼullari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida tabiiy gazdan oʻzboshimchalik bilan foydalanish va qoidabuzarlikdan iborat 3 ta holat aniqlandi.
Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “O.R. Omad” xususiy korxonasi taʼminot korxonasi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulangan. Qayta hisob-kitoblarga koʻra, taʼminotchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 42 million 483 000 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor I.Sh. ham hech qanday shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan foydalangan va 2 ming 820 metr kub gaz hisobga olinmay sarf qilinishiga yoʻl qoʻygan.
Nazorat tadbirida viloyat markazida faoliyat yuritayotgan “Tabiat manzarasi” xususiy korxonasida ham tabiiy gazdan oʻzboshimchalik bilan foydalanish holati aniqlangan. Taʼminot korxonasi bundan 43 million 536 ming soʻm moddiy zarar koʻrgan.
Zararni qoplash boʻyicha toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.
Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida tabiiy gazdan foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻrganishlar davom etmoqda.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)