AQSHdan O’zbekistonga qaysi vaksina keltirilishi ma’lum bo’ldi
29-iyul kuni Oʻzbekistonga Amerika Qoʻshma Shtatlaridan koronavirusga qarshi 3 million doza vaksina keltiriladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Vaksinalar Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “COVAX” dasturi doirasida ajratiladi va 29-iyul kuni maxsus havo qatnovi vositasida AQSHning Alabama shtatidan Oʻzbekistonga yetkazib beriladi.
Mamlakatimiz elchixonasi maʼlumotiga koʻra, AQSH begʻaraz koʻmak tariqasida “Moderna” kompaniyasining koronavirusga qarshi qoʻllaniladigan 3 million doza vaksinasini ajratdi.
AQSH Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish boʻyicha markazi (CDC) maʼlumotnomalarida qayd etilishicha, “Moderna” kompaniyasining vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega boʻlgani holda COVID-19 virusi yuqishini bartaraf etadi. AQSH Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boʻyicha boshqarmasi (FDA) COVID-19 profilaktikasi uchun Moderna vaksinasini 18 va undan katta yoshdagilarda qoʻllanilishiga ruxsat bergan. Mazkur vaksina teri ostiga yuboriladi, emlash bir oylik interval bilan ikki dozadan iborat.
Pfizer va BionTECH farmatsevtika kompaniyalari preparatlaridan farqli oʻlaroq, Moderna taklif etayotgan vaksinani oʻrtacha sovuqlikdagi haroratda saqlash mumkin, bu esa Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻylab tarqatilishini yengillashtiradi.
AQSH Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish boʻyicha markazi tadqiqotlaridan maʼlum boʻlishicha, Amerikada 93 foiz kasallik yuqish hollari emlash darajasi 40 foizdan kam boʻlgan okruglarga toʻgʻri kelmoqda. Qayd etilishicha, koronavirus yuqishi bois kasalxonaga joylashtirilgan va hayotdan koʻz yumganlarning 99 foizi emlanmagan aholi hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oq uy rahbari oʻz chiqishida qayd etganidek, “millionlab AQSH fuqarolari hamon emlanmagan, shu bois ular kasallik xavfi ostida turibdi”.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi
Bayden: “Biz hozirda barcha amerikaliklarni emlash uchun yetarlicha vaksina sotib oldik”.
Yaponiya koronavirusga qarshi million doza vaksinani tashlab yuborishga majbur
AstraZeneca vaksinasi bekor qilinadi
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
SSV Oʻzbekistonda xususiy sektorni vaksinatsiya jarayoniga jalb qilish masalasi boʻyicha munosabat bildirdi
Izohlar (0)