Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi
Butun dunyoda 101 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlandi, deya xabar berdi “Kommersantʼ”. Hisob-kitoblar Bloomberg agentligi tomonidan 64 ta mamlakat boʻylab yuritilgan.
Barcha mamlakatlarda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 103,4 million kishini tashkil qiladi. Qoʻshma Shtatlarda emlanganlar soni COVID-19 bilan kasallanganlar sonidan oshib ketgan.
Mamlakatlar boʻylab oʻrtacha emlash darajasi kuniga 4,25 million dozani tashkil qilmoqda.
Emlanganlar soni boʻyicha yetakchi davlatlar:
AQSH — 32,8 million;
Xitoy —24 million;
Yevropa Ittifoqi — 12,7 million;
Buyuk Britaniya — 9,8 million;
Isroil — 5 million.
Bloomberg Rossiyada 500 ming kishi vaksina olgani haqida yozgan. Ammo 5-yanvar holatiga koʻra Rossiyada 1 millionga yaqin odam “Sputnik V” vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangan.
Qoʻshma Shtatlarda 32,8 million kishi kamida bir dozadan vaksina olgan, oʻrtacha emlash darajasi bir kunda 1,3 millionni tashkil qiladi. Jons Hopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 26,3 million kishida koronavirus qayd etilgan.
Koronavirusga chalinganlar sonining koʻpligi boʻyicha AQSH yetakchi boʻlib qolmoqda. Undan keyin Hindiston — 10,8 million; Braziliya —9,2 million; Buyuk Britaniya —3,9 million va Rossiya —3,8 million.
AQSH prezidenti Jo Bayden Qoʻshma Shtatlardagi koronavirusga qarshi emlash dasturi kutilgandek natijani bermaganini maʼlum qilgandi. Shu munosabat bilan AQSH yaqin kelajakda Moderna va Pfizer kompaniyalaridan yana 100 million dozadan vaksina sotib olishi kutilmoqda.
Italiya esa koronavirusga qarshi vaksina tanqisligiga duch kelgan, deb xabar beradi daryo.uz.
Foto: “Kommersantʼ”
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
COVID-19ʻga qarshi Novavax vaksinasi 89 foizdan yuqori samaradorlik koʻrsatdi
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Oʻzbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni maʼlum boʻldi
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
Izohlar (0)