Angrenda yong’in sodir bo’ldi

FVVning yongʻin-qutqaruv guruhlari voqea joyiga besh daqiqa ichida yetib kelishdi. Qutqaruvchilar tomonidan yongʻinni oʻchirish bilan bir vaqtda binoning yuqori qavatidagi fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari ham amalga oshirildi.
Bir necha daqiqa ichida 25 nafar fuqaro xavfsiz joyga olib chiqilib, yongʻin soat 09:38 da toʻliq bartaraf etilgan. FVV xodimlarining aniq va tezkor harakatlari natijasida jabrlanish va halok boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyilmadi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yongʻin oqibatida xonadonning 50 kv.metr maydoni zararlangan. Hozirda mutaxassislar tomonidan yongʻin sababi aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi

Yunusoboddagi xonadonlarning birida yong’in sodir bo’ldi

“Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok bo’ldi

“Neksiya” yonib ketdi

Zomin tumanidagi yong’in bartaraf etildi

Jizzaxdagi “zapravkada”da Matiz va Nexia yonib ketdi
Izohlar (0)