45 yoshli fuqaro tug’ilganlik haqidagi guvohnamaga ega bo’ldi
Konstantin Lopotin 1980-yilda onasi va akasi bilan Rossiyaning Moskva shahridan Fargʻona viloyatiga koʻchib keladilar. Konstantin shu vaqtda 3 yosh edi. Moddiy yetishmovchilik sabab bolalarga tugʻilganligi haqidagi guvohnoma olinmagan.
Maktab yoshiga yetgan Lopotinning onasi imkon topib Fargʻona shahridagi 24-umumtaʼlim maktabga olib bordi. 11 yil davomida mana shu maktabda bilim olgan Konstantin yillar davomida oʻzining rasmiy hujjatlari boʻlishini, mamlakat fuqarosi deyishlarini istagan.
1997-yildan shu kunga qadar Konstantin bir nechta mutasaddilar, huquqshunoslar, hokimlik vakillaridan tugʻilganligi haqidagi guvohnoma olishda koʻmak soʻraydi. Afsuski, ulardan qoniqarli javob olmadi. Aniq bir fuqaroligi boʻlmagan Konstantin Lopotin shu kungacha Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishni orzu qildi xolos, davlat ishida ham ishlamoqchi boʻldi, ammo har bir ish joyidan maʼlum hujjatlar soʻralardi.
Shu sababli yillar davomida u yollanma ishchi sifatida faoliyat olib borgan. Lopotinning soʻngi soʻrov manzili Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boʻldi. Oʻzini qiynab kelayotgan mavjud muammoni aytdi. Boshqarma xodimlari esa darhol sudga daʼvo arizasini kiritdilar.
Arizada esa Konstantin Lopotinga tugʻilganligi haqidagi guvohnomani berilishi, u 42 yildan buyon Oʻzbekistonda istiqomat qilayotganligi aks etgandi. 45 yoshida rasmiy hujjatlarni qoʻlga olgan Konstantin birinchi navbatda uy sotib oladi. Soʻngra oila qurishini ham rejalashtiryotgani aytadi bizga.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Talabalik davrim mening...
Kompozit xizmat nima?
Bunday ustozlarga salomlar boʻlsin!
Keniyalik “Farhod” va andijonlik Shirinning farzandiga guvohnoma berildi
“Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh berildi
Sirdaryolik qiz 23 yoshida “metrka”li boʻldi
Izohlar (0)