“Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh berildi
“Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh berildi
Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar bo‘yicha izoh berdi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan poytaxning Chilonzor tumani xalq ta’limi bo‘limi maxsus ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Qayd etilishicha, 11-yanvardan barcha umumta’lim maktablarida III chorak darslari boshlangan. Jumladan, 168-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘quvchilar to‘liq karantin qoidalariga amal qilgan holda nazorat ostida ta’lim jarayonida ishtirok etmoqda.
O‘rganishlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki dars kunida o‘nga yaqin oʻquvchi qiz maktabga ro‘molda o‘qishga kelgan. Qizlar va ularning ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan ko‘cha-ko‘yda farzandlari ro‘molda yurishlari mumkinligi, ammo dars chog‘ida to‘liq kiyinish tartib-qoidalariga amal qilishlari lozimligi tushuntirilgan.
“Biroq, ijtimoiy tarmoqda qayd etilganidek, ro‘molli qizlarning darslarga qo‘yilmaganligi haqidagi ma’lumot o‘z isbotini topmadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, shahar Xalq ta’limi boshqarmasi ota-onalarga uydirma va bo‘hton xabarlar tarqatishdan ko‘ra, aniq dalillarga tayangan holda ma’lumot berishlarini so‘ragan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi
Endi ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar beriladi
Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
Ichki ishlar vazirligi TikTokchilarning ota-onalarini ogohlantirdi
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
Izohlar (0)