UMR...
Noma’lum shoirdan ajoyib she’r
Men, umrni, ko‘rmay qolibman,
Yonginamdan o‘tib ketibdi.
Qo‘limga bir kitobni tutib,
Taqdirimni bitib ketibdi!
Hatto yuzin bir bor ko‘rsatmay,
Izlarini chizib ketibdi.
Meni hayot jangiga tashlab,
“Kurash”-deya, yozib ketibdi!
Ketayapman ortidan quvib,
Bolalikni, yoshlikni tashlab.
Goho kulib, goho anglamay,
Goho, unsiz ko‘zimni yoshlab!
Har bahorda bir yo‘qlab kelib,
Yoshimga yosh, qo‘shib ketarmish.
Go‘yo, menda alami bordek,
Sochimga qor to‘kib ketarmish!
Men umrni ko‘rmay qolibman,
Yonginamdan o‘tib ketibdi.
Peshonamga ajinlar tortib,
Suratini chizib ketibdi!!!
Men umrni ko‘rmay qolibman...
Men, umrni, ko‘rmay qolibman,
Yonginamdan o‘tib ketibdi.
Qo‘limga bir kitobni tutib,
Taqdirimni bitib ketibdi!
Hatto yuzin bir bor ko‘rsatmay,
Izlarini chizib ketibdi.
Meni hayot jangiga tashlab,
“Kurash”-deya, yozib ketibdi!
Ketayapman ortidan quvib,
Bolalikni, yoshlikni tashlab.
Goho kulib, goho anglamay,
Goho, unsiz ko‘zimni yoshlab!
Har bahorda bir yo‘qlab kelib,
Yoshimga yosh, qo‘shib ketarmish.
Go‘yo, menda alami bordek,
Sochimga qor to‘kib ketarmish!
Men umrni ko‘rmay qolibman,
Yonginamdan o‘tib ketibdi.
Peshonamga ajinlar tortib,
Suratini chizib ketibdi!!!
Men umrni ko‘rmay qolibman...
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)