Yuridik universitet talabasi qurilish obyeʼktida vafot etdi
Toshkent davlat yuridik universitetining 3-bosqich talabasi Bahodir Bozorov oʻzi ham ishlab, ham yashayotgan, qurilishi tugallanmagan bino hududida yiqilib, vafot etdi. Bu haqda Kun.uz xabar beradi.
Talabaligining uch yilidan ehtimol bir kuni ham yengil oʻtmagan bu yigit umrining soʻnggi oylarini Bektemir tumani hokimiyatiga yaqin joydagi qurilish obyektida ham yashab, ham ishlab oʻtkazgan.
Kunduzi quloqchin taqib, onlayn darslarda qatnashgan, fevral oyidan yarim kun darsga borib, yarim kun ishlagan, kechalari qurilishi tugallanmagan binoda usta yigitlar bilan yashagan, dars qilgan. Shanba kuni tunda (2021-yil 27-fevral) lift uchun betondan tayyorlangan, himoyalanmagan shaxtaga 2-qavatdan yiqilgan. Tez yordam kelavermagach, yaqinlari koʻchadan patrul mashinasini toʻxtatib, yordam soʻrashgan. Shoshilinch yordam boʻlimida uning vafot etganini aytishgan.
Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizaning maʼlum qilishicha, marhum boʻyin umurtqasining sinishi, jigar yorilishi oqibatida vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Bulungʻurda konservadan zaharlangan shaxs vafot etdi, yana bir bemor esa ogʻir ahvolda
Hindistonda qanday qilib haqiqiy “suv parisi” tugʻildi?
Yangi-Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning yaqinlariga 105 mln soʻmdan berildi
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Izohlar (0)