Onajonim
Derazadan boqib tursam,
Yuragimda hayajon.
To‘lib-toshib she'r yozdim
Sizga atab onajon.
Hayotimning bezagisiz,
Mangu so‘nmas chirog‘im.
Qalbimning chechagisiz,
Ham yashnab turgan bog‘im.
Mehribonsiz hamisha
Doim bizni o‘ylaysiz.
Ilm, odob, sarishtalik,
Tozalikdan so‘ylaysiz.
Bizlarni o‘ylamagan
Biror bir kuningiz yo‘q.
“Bolam sovuq qotmadimi,
Puli bormi, qorni to‘q?!”
Jonajonim baxtimizga
Har dam sog‘-omon bo‘ling.
Umr yo‘lim yoritib,
Quyoshdek porlab turing.
Zarina ALLABERDIYEVA,
Navoiy shahar 5-o‘rta ta’lim maktabi
8-“a” sinf o‘quvchisi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)