Rossiya Federatsiyasi bilan yoʻlovchi poyezdlarning harakati qayta tiklanmoqda.
2022-yil 23-iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi.
5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnab ketadi va shanba kuni soat 18:14da Rossiya Federatsiyasining “Samara” temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.
Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da joʻnab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi.
Maʼlumot uchun: Toshkentdan Samaragacha temir yol orqali boʻlgan masofa 2271 km.ni tashkil etadi. Poyezd 48 soat davomida harakatlanadi. 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi 11 ta vagondan iborat: 3 kupe, 7 platskart va vagon-restoran.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Toshkent — Shahrisabz poyezdi yoʻnalishi oʻzgardi
Rossiyadan Oʻzbekistonga maxsus poyezd reyslari yoʻlga qoʻyilmoqda
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi
Ehtiyotsizlik oqibatida baxtsiz hodisa
Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchayotgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
5 ta mashina ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi
Izohlar (0)