Gruziya nomini oʻzgartirdi
Litva Gruziyaning yangi nomini — Sakartvelo (Sakartvelas) rasman tasdiqlandi. Endi bu nom barcha rasmiy hujjatlarda ishlatiladi. Ushbu oʻzgarishlar haqida Litva tili davlat komissiyasi raisi Audris Antanaytis maʼlum qildi, deb xabar beradi Esquire.
Antanaytisga koʻra, oʻtgan yilning 21-dekabr kuni komisiya davlatning rasmiy nomini ifodalovchi Gruzija soʻzini hujjatlardan chiqarib, oʻrniga Sakartvelas soʻzini kiritishni tasdiqlagan.
“Komissiyaning ikki yil oldingi rezolyutsiyasi Sakartveloni ikkinchi norasmiy nom sifatida tasdiqlagandi. Jamoatchilik yangi nomni qabul qiladimi — yoʻqmi, buning uchun muayyan muddat kerak boʻldi. Buni qarangki, yangi nomni xalqimiz tez oʻzlashtirdi. Toʻgʻrisi, buni oʻzimiz ham kutmagandik”, — dedi komissiya raisi.
Gruziya nomi ham yonma-yon, faqat norasmiy ravishda ishlatilaveradi.
Anʼanaviy nomni oʻzgartirishni Gruziyaning oʻzi soʻragan, aytilishicha, bu mamlakatning ruslashgan nomi.
Sakartvelo
Gruziyaliklar oʻz mamlakatini Sakartvelo deb atashadi. Bu nom mamlakat markazidagi Kartli mintaqasida yuzaga kelgan. Milliy va Vizantiya manbalariga koʻra, ilk oʻrta asrlarda gruzinlarning yagona millat sifatida siyosiy va madaniy shakllanishi shu hududga toʻgʻri keladi.
Ayni paytda aksariyat tillarda mamlakatning lotincha nomi — Georgia (Georgiya) ishlatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Gruziyaning o‘ziga xos urf-odatlari
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Rossiyada chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga oʻzgarishlar kiritildi
Izohlar (0)