Gruziyaning o‘ziga xos urf-odatlari
Gruziya beg‘ubor tabiati, noyob qadimiy an’analar va urf-odatlari bilan ham ajralib turadi. Bu yer odamlari o‘z madaniyati va milliy an’analarini hurmat qilishadi. Gruziyaning eng muhim an’analardan biri esa iliq mehmondo‘stlikdir. Gruzinlarda mehmondorchilik yoki ziyofatga taklif qilindimi, aslo rad etilmasdan borish lozim. Gruzinlar sizni nonushta yoki kechki ovqatga taklif qilib, shirin va totli taomlari bilan mehmon qilishsa, suhbat so‘nggida esdalik sifatida sovg‘alar taqdim etishsa, hech ham ajablanmang. Gruziya insonlari ana shunday samimiy va mehmondo‘stdir! Uzoq o‘tmishda ildiz otgan an’analardan yana biri bu – mehmondorchilikda poyabzalini yechmasdan kirishdir. Bu ham gruzinlarda o‘zgacha hurmatning bir namunasi hisoblanadi.
Ayollarga munosabat
Gruzinlar hayotidagi eng muhim inson bu - ona, shu sabab ham ayollar katta hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lishadi. Gruziyada ayollarga yomon so‘zlar aytish, ovozni ko‘tarib gapirish noodatiy holdir. Rasmiy onalar kuni 3 martda nishonlanadi. Ushbu kunda butun Gruziya misoli gullarga burkanadi.
To‘y
Gruzin to‘yi - bu qo‘shiqlar, raqslarga boy go‘zal bayram. Gruziyada to‘y - bu oilani birlashtirish munosabati bilan o‘tkaziladigan baxtli bayram. Bayramga kelin va kuyovning barcha qarindoshlari, do‘stlari va yaqin tanishlari taklif etiladi. Taklifnomani rad qilish hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. To‘yning muhim qismlaridan biri bu - kuyovning bo‘lajak rafiqasini o‘g‘irlab olib kelishidir. Albatta, bu tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshadi. Gruzin to‘ylari qo‘shiq aytish, raqsga tushishlarsiz o‘tmaydi.
Raqslar va qo‘shiqlar
Gruziya xalq raqslari butun dunyoga tanilgan. Raqsda ayol raqqosa oqqush singari suzadi va erkakka o‘z hurmatini bildiradi. Haqiqiy raqs asarini an’ana sifatida faqat ushbu mehmondo‘st va iliq mamlakatda ko‘rish mumkin. Eng taniqli gruzin raqslari - Xorumi va Acharuli, Kartuli.
Qo‘shiqlar
Gruziya xor ashulasi - bu ajoyib manzara. Gurjistonda ashula va musiqa noyob san’at asari sifatida e’zozlanadi. Gruzinlar juda ko‘p qo‘shiqlarni maromiga yetqazib aytishadi. Qo‘shiqlar va musiqa to‘ylarda, bazmlarda, tantanalarda, bayramlarda ijro etiladi. Gruziyaning deyarli barcha joylarida qo‘shiq kuylaydigan gruzinlarni uchratishingiz mumkin. Gruzinlar uchun kuylash - qalb va qalbni ochish demakdir, chiroyli kuylash esa sharaf va milliy g‘ururdir.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)