Merkel uchun yangi davr boshlandi
Germaniya kansleri Angela Merkel baʼzan kiyimlarining rangi bilan maʼlum siyosiy signallarni bogʻlashini tan oldi. Bu haqda u “Suddeutsche Zeitung” nashriga bergan intervyusida gapirgan.
Shuningdek, Merkel hukumat rahbari lavozimini tark etgach, u uchun yangi davr boshlanishini taʼkidlagan. Kiyimlari haqida gapirishda davom etarkan, Merkel ularni muzeylarga bermasligini aytgan.
“Ular muhtojlar uchun kiyilgan kiyimlarni yigʻish punktlariga olib boriladi. Men kiyimlarni muzeyga bermayman,”-degan Merkel.
Kansler, shuningdek nima uchun har doim “migratsiya inqirozi” iborasidan qochganini tushuntirgan.
“Ha, bu toʻgʻri. Men bu soʻzdan qochaman, chunki men uchun qochqin inqiroz emas, balki insondir”, degan u.
Merkelning taʼkidlashicha, noqonuniy muhojirlar oqimi bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan xatolar 2015-yilning kuzidan (migratsiya inqirozining choʻqqisi) ancha oldin qilingan.
Merkel, shuningdek “mamlakatdagi siyosiy iqlim qattiqlashganidan” afsus bildirgan.
“Men kansler boʻlgan paytlarimda, hali smartfonlar yoʻq edi. Facebook paydo boʻlganiga bir yil toʻlgandi, Twitter esa bir yildan soʻng chiqdi. Biz butunlay oʻzgargan media dunyosida yashayapmiz va bu (siyosiy iqlim oʻzgarishi) ham shu bilan bogʻliq”, degan u.
Maʼlumot oʻrnida, Germaniyaning yangi hukumati joriy yil dekabr oyining boshida tuzilishi kutilmoqda. 26-oktyabr kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Merkel va uning Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga muddat tugaganligi haqida guvohnomalarni topshiradi.
Avvalroq, Angela Merkel mamlakatning yangi hukumati “yevropaparast” boʻlishiga ishonch bildirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Angela Merkel Baydenni Germaniyaga taklif qildi
Germaniyadagi suv toshqini oqibatida 58 kishi halok bo’ldi, mingdan oshiq odam bedarak yo’qoldi
“Tolibon” harakati o’z shartlarini ma’lum qildi
Turkiyada yaratilishi mumkin boʻlgan yangi konstitutsiya
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Checheniston davlat rahbari Ramzan Qodirov muftiy Usmonxon Alimov vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi
Izohlar (0)