Checheniston davlat rahbari Ramzan Qodirov muftiy Usmonxon Alimov vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi
Keltirilishicha, Qodirov muftiyning o‘limi haqidagi xabarni qayg‘u hissi bilan qabul qilgan. Hamda Shayx Usmonxon Alimov Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirovning yaqin do‘sti bo‘lganini qayd etgan.
Shuningdek, Qodirov Shayx Usmonxon Alimovni butun musulmon olami tanigani, hurmat qilgani va qadrlaganini taʼkidlagan.
«Ular 1980 yillardan beri tanish edilar, Toshkent islom institutida birga o‘qishgan. Men ham Usmonxon Alimov bilan ko‘p marta uchrashganman. Biz nafaqat Grozniyda, balki O‘zbekistonda ham ko‘rishganmiz. Toshkentga safarim chog‘ida u meni juda samimiy kutib oldi, yuqori darajadagi mehmondo‘stlikni taʼminladi, Ahmad Hoji bilan o‘qigan yillarini esladi va bu haqda gapirdi. U juda dono, taqvodor va kamtar odam edi», — degan u.
Shuningdek, Qodirov Shayx Usmonxon Alimovni butun musulmon olami tanigani, hurmat qilgani va qadrlaganini taʼkidlagan.
«U o‘z hayotini islom dinini o‘rganish va tarqatishga bag‘ishlagan, u Qurʼon va Sunnat haqida bebaho bilim olgan ko‘plab taniqli islom odamlarini tarbiyalagan. 2006 yildan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi vazifasida faoliyat olib borgan. Shayx vaʼzlarida har doim yaxshilikka chaqirib, haromdan ehtiyot bo‘lishni aytgan. Shu kunlarda bizning qalbimiz qardosh O‘zbekiston xalqi bilan. O‘zbekistonning muhtaram Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga, Shayx Usmonxon Alimovning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiraman! Alloh taolo birodarimizga rahm qilsin!», — degan Checheniston rahbari.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Kapitan Jek Chittak rostdan ham boʻlganmi?
Havoyi nafsga berilib faxr qilish
Toshkent islom institutidagi qabul imtihonlarining mandat natijasi e’lon qilindi
Xitoyda maymun virusidan birinchi odam o‘limi qayd etildi
“Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh berildi
«Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak». “Turon” — “So‘g‘diyona” o‘yini bo‘yicha fikrlar
Izohlar (0)