Go‘zallik timsoli, tarjimon, san’at shaydosi Kleopatra - buyuk “Sharq kosmetologi”
Kleopatra o‘z davrining eng o‘qimishli ayollaridan biri bo‘lgan.
U Misrning ptolemeylar sulolasidan bo‘lgan so‘nggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi bo‘lib, sulolasining so‘nggi vakili sifatida mamlakatni qariyb 30 yil davomida avval ukalari, keyin o‘g‘li bilan boshqargan. Kleopatra hokimiyatga kuch va armiya tufayli emas, balki ayyor va ayol jozibasi tufayli erishgan. Chunki u odamlarni maftun etish bo‘yicha noyob san’at sohibasi edi.
O‘sha davr tarixchilari Misr malikasini tashqi ko‘rinishi, jozibasi, go‘zalligi va aqilliligi bilan o‘sha davrda ko‘plarni o‘ziga oshno qilgan deb ta’riflashgan. Mumtoz yozuvchilarning tasvirlashlaricha esa u shirali ovozga ega juda dono ayol bo‘lgan.
Go‘zalligi bilan Kleopatra ikki buyuk Rim generali – Yuliy Sezar va Mark Antoniyning e’tiborini jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Hozirgi zamon olimlari esa uni u qadar go‘zal bo‘lmagani, ya’ni tanasining qora bo‘lgani, lablari ingichka, burni esa keng bo‘lgan, bo‘yi past va bir oz semiz ayol sifatida tasvirlashadi.
Hozirda uning afsonaviy yosh ko‘rinish sirlari hali hamon tillarda doston. Yozib qoldirilgan manbaalarga ko‘ra, u o‘z terisini mayin qilish uchun asal qo‘shilgan iliq sutda cho‘milgan. Skrab sifatida Kleopatra dengiz tuzi qo‘shilgan maxsus qaymoqdan krem sifatida foydalangan. Shu sabab Kleopatrani buyuk “Sharq kosmetologi”deb ham hisoblashgan.
Xozirgi zamonda ham turli kosmetik mahsulotlar ustki qobig‘iga Misr malikasi Kleopatraning foydalangan mahsulotlaridan tayyorlanganligi aytilgan kosmetik mahsulotlar ommabop hisoblanadi. Malika zaytundan ham unumli foydalangan. Olimlarning aytishicha, sohibjamol malika bo‘ynida osib yuradigan marjon shodalari orasida kichik shisha idishchada zaytun moyi olib yurgani haqida qadimgi bitiklarda qayd etilgan.Malika kiyinish bo‘yicha ham nozik did sohibasi bo‘lgan. Deyarli barcha liboslari marvaridlar bilan bezatilgan. Tirnoqlari, kaftlari va oyoqlarini xina bilan bo‘yagan, lablariga mahsus o‘simlik balzamini surib, turli pariklardan foydalangan.
Kleopatra saroylarning qimmatbaho jihozlarini, zamonaviy kiyimlari va zargarlik buyumlarini yaxshi ko‘rardi. Zumrad toshi Kleopatraning eng sevimli toshi hisoblangan. Agar u atrofdagilaridan kimnidir mukofotlashni istasa, o‘zini yuz qiyofasi o‘yib ishlangan zumrad toshni hadya qilgan. Ushbu qimmatbaho toshni qo‘lga kiritgan inson eng obro‘li insonlar qatorida hisoblangan.
Shuningdek, Kleopatra haqli ravishda o‘z davrining eng o‘qimishli ayollaridan biri hisoblangan. U she’riyat, san’at, ilm-fanga qiziqqan, ota-bobolaridan siyosiy ongni meros qilib olgan o‘qimishli, aqlli qiz bo‘lgan. Uning adabiyot, san’at, siyosat, falsafa haqidagi fikr mulohazalari bilan ko‘plarni hayratda qoldirgan.
Bu ayolning ajablanarli qobiliyatlaridan yana biri, u arfani mukammal darajada chalgan, qo‘shiq kuylagan, raqsga tushgan.
Bundan tashqari, Kleopatra yetti tilni bilgan, shu sabab u kamdan kam hollarda tarjimonlar yordamiga murojaat qilgan. Xorijliklar bilan shaxsan o‘zi muloqot qilishni afzal ko‘rgan.
Kleopatra timsoli G‘arb hamda Sharq adib, shoir, dramaturg, rassom va haykaltaroshlari asarlarida aks etgan, unga bag‘ishlab filmlar yaratilgan.
Naqllarga ko‘ra, u o‘sha davrdagi misrliklar e’tiqodiga asosan abadiy barhayotlikka erishmoq uchun o‘zini zaharli ilonga chaqtirgan.
Hozir Kleopatra va Antoniylarning mumiyolangan jasadlari Britaniya muzeyida saqlanmoqda, deb yozadi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)