AVTOBUSLAR ODAM CHIQQANI QIYNALMASIN DEB, TUYAGA OʻXSHAB CHOʻKADI
Bugungi kunda oilasi bilan Kanadaning Onterio shahrida istiqomat qilayotgan bir qadrdon akamiz bilan hozirgina internet orqali suhbatlashib qoldim. Undan hayot qanday kechyapti u yoqlarda, deb soʻragandim, u oʻzining hayoti va oʻsha yerdagi holatni aytib berdi. Men uchun uning gaplari qiziqarli tuyuldi. Shuning-chun sizlarga ham ilindim.
- Kanada ajoyib mamlakat. Odamlari ham mehr-oqibatli. Men koʻproq ishim yuzasidan koʻchada yuraman. Oʻzimning shaxsiy avtomobilim ham bor. Bu joylarda haydovchilar bir biriga halaqit bermaydi. Mashina signalini juda kam eshitasiz. Koʻcha harakatiga halal bergan shafyorning orqasidan signal chalish onasini haqorat qilgan bilan teng. Shuning uchun hamma oʻzini bilib yuradi. Ishonsangiz, shuncha yildan buyon Kanadada yashayotgan boʻlsam, mashinamda yurganimda hali bironta politsiyachi toʻxtatmagan ham, hujjat ham surishtirmagan. Toʻgʻri yursangiz siz bilan hech kimning ishi yoʻq. Bu yerlarda odamlar politsiyani koʻrsa, qoʻrqmaydi. Qaytaga yaxshi koʻrishadi. Baʼzan shaharda politsiya xodimlari yoʻqmi, deya oʻylaysiz. Lekin chaqirsangiz ikki minutda yetib kelishadi. Primer ministrdan tortib oddiy odamgacha qonunga amal qilib yashaydilar. Juda xushyor mamlakat. Kim qayerda, nima bilan mashgʻul hammasini bilishadi. Lekin odamlar ozod yashaydi. Dindorlari sen unaqasan, sen bunaqasan deb ixtilof qilmaydi. Oʻzlari xristian, ammo Hayit bayramlarda bizga Iyd mubarak! deb qoʻyishadi. Biz ham ularning bayramlarida Meri krismas! deb qoʻyamiz. Uylarda svet (elektr) umuman oʻchmaydi (agarda kuchli shamol boʻlib, biron talofat yuz bermasa). Shaharda Kayodi degan boʻrining bir turi bor. Huddi oʻrmonda yurganday bemalol yuraveradi. Nega ularni otib tashlamas ekan desak, ular kalamushlarni tutib yer ekan. Odamlarning yonidan oʻtib ketaveradi goʻlayib. Avtobuslar odam chiqqani qiynalmasin deb, tuyaga oʻxshab choʻkadi. Odam chiqib boʻlgach koʻtarilib, yana ketaveradi. Eee... bu oʻlkadagi ajoyibotlar haqida bir nechta kitob yozsa boʻladi. Shunaqa gaplar...
“Mushtum” maxsus muxbiri Abbos YOʻLDOSHEV yozib oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)