Maʼnaviyat inqirozi
Prezidentimizning “Afsuski, hali oramizda milliy gʻoyaning, maʼnaviyatning mohiyatini toʻliq anglab yetmaganlar, maʼnaviyat kerakmi-yoʻqmi deb yurganlar ham yoʻq emas.Milliy gʻoya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchiq toshayotganlar ham yoʻq emas. Bu ham haqiqat” deb aytgan gaplari baʼzi bir odamlarga yetib bormagan, shekilli.
Bugun kututbxonamizdan-da toʻyxonamiz koʻp, baʼzida kutubxonani joyini-da tadbirkorga berib yuborishini koʻrib turib ich-ichingdan achinib ketasan kishi. Nima emish, tadbirkor 2-3 odamni ish bilan band qiladi.
Ammo, maʼnaviyat odamlari butun xalqni fikrini oʻzgartirib, maʼrifat tomonga yoʻl ochib berishini hech bir kishi oʻylab koʻradimi?
Maʼnaviyat yoʻlboshchilari 2-3 odamni ish bilan band qilganini kim eʼtiborga olyapti?
Suratda koʻrib turganingiz kichik gazetalar doʻkoni oldin necha minglab odamlarni maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qilib kelgan boʻlsa, bugungi kunda uning ahvoli mana shu holatda. Savdo-sotiq doʻkondoriga omborxona vazifasini oʻtamoqda.
Ha, obunaning ustiga 15-25 foiz qoʻshib gazeta olgandan koʻra, gazeta doʻkonidan sotib olgan qoʻlayroq emasmi?
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Inson sof tabiat ila tugʻiladi
Inson hayotiga zomin bo‘lgan kiberhujum: bir necha odamni hayotdan olib ketdi: sharmandalikka dosh berolmay, o‘z joniga qasd qilganlar ham kuzatildi.
Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!
Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
YETTINCHI OSMON
«Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak». “Turon” — “So‘g‘diyona” o‘yini bo‘yicha fikrlar
Izohlar (0)