AQSHda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi

AQSHda koronavirusning yangi, yuqumli turi aniqlandi. Kaliforniya universiteti olimlari yangi shtammga CAL20C deb nom berdi, deb xabar beradi “Korrespondent” .
Maʼlumotlarga koʻra, bu tur 2020-yilning iyul oyida mutatsiyalar natijasida paydo boʻlgan. Hozirda virus koʻplab tumanlarda oʻsib bormoqda. “Kaliforniyadan tashqarida ham bu shtamm tarqaladi deb bemalol aytish mumkin”, – deydi virusolog Charlz Chiu.
Shuningdek, Sidar-Sinay tibbiyot markazi tadqiqotchisi Erik Vaylning taʼkidlashicha, koronavirusning yangi turi ilgari qayd qilingan shtammlarga qaraganda ancha yuqumli boʻlishi mumkin. Uning fikriga koʻra, aynan shu holat shtatda kasallanish tez surʼatlarda oʻsishiga sabab boʻladi.
Ayni vaqtga qadar CAL20C Arizona, Merilend, Nyu-Meksiko, Nevada, Nyu-York, Texas, Yuta, Vashington shtatlari hamda Vayoming, Kolumbiya okruglarida qayd etilgan, deb yozadi tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi

Olimlar koronavirusning organizmda ko‘payishini to‘xtatuvchi fermentni aniqlashdi

Birlashgan Arab Amirligida topilgan pushti koʻl

Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi

Pandemiyaga oid yana bir muhim xabar

Gruziya nomini oʻzgartirdi
Izohlar (0)