Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor nima sababdan sudga berildi
Nemis shifokori va ishbilarmon Vinfrid Shtokker koronavirusga qarshi vaksina yaratish tajribalari uchun sudga berildi. Bu haqda MDR telekanaliga Lyubek prokuraturasi vakili xabar bergan.
Oʻz laboratoriyasiga ega boʻlgan 74 yoshli Görlitz univermagi egasi ushbu preparatni 2020-yil bahorida ixtiro qiladi. Soʻngra uni oʻzi va boshqalarga ruxsatsiz sinab koʻrishni boshlagan. Mart va aprel oylarida Shtokker son mushaklarini toʻrt marta emlash qilganini aytdi. Shundan soʻng, u ushbu moddani rafiqasi, bolalari va boshqa 65 nafar koʻngillida sinovdan oʻtkazgan. U sinovlar ishtirokchilarining hech biri nojoʻya taʼsirlarga ega emasligi haqida aytib oʻtgan. Faqat ozgina ogʻriq paydo boʻlgan, natijada barchada antitanachalar paydo boʻlgan.
Oʻz blogida tadbirkor vaksinani tayyorlash va saqlash oson ekanligini taʼkidlab, uning retseptini joylashtirgan. U oʻzining dori-darmonlari yordamida butun Germaniyani bir necha oy ichida “koronavirusdan tozalashni” taklif qilgan. Vaksinaning 95 foiz samaradorligi aytilgan.
2020-yil sentyabr oyida u oʻz topilmalari toʻgʻrisida vaksinalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul Paul Erlix institutiga xabar berib, dori samaradorligini tasdiqlash uchun koʻproq sinovlarni oʻtkazishni soʻragan. Biroq, olimlar prokuraturaga murojaat qilishadi. Unga qarshi dori-darmon ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda gumon qilinib, jinoiy ish qoʻzgʻatiladi.
Shtokker taniqli huquqshunos, siyosatchi va 2018-yildan beri Bundestag raisining oʻrinbosari sifatida ishlab kelayotgan Volfgang Kubikkiga murojaat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, shifokor preparatning klinik sinovlarini oʻtkazmagan, ammo oʻz-oʻzini davolashda ishlatgani uchun ruxsat kerak boʻlmagan.
Shtokker 1987-yilda autoimmun va yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablarini oʻrganuvchi “Euroimmun” kompaniyasiga asos solgan. Kompaniyaning hozirda 17 mamlakatda vakolatxonalari mavjud. 2017-yilda Shtokker “Euroimmun”ni Amerika konserniga 1,2 milliard yevroga sotgan, deb yozadi xabar.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
JSST koronavirusga qarshi vaksinalar bepushtlikka olib kelishi haqidagi mish-mishlar nechogʻlik toʻgʻri?
Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
Oʻzbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni maʼlum boʻldi
Izohlar (0)