JSST koronavirusga qarshi vaksinalar bepushtlikka olib kelishi haqidagi mish-mishlar nechogʻlik toʻgʻri?

Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti immunizatsiya departamenti boshlig‘i Keyt O Brayen koronavirusga qarshi vaksinalar bepushtlikka olib kelishi mumkinligi haqidagi gaplarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘llanishga ruxsat berilgan vaksinalardan birortasi bunday oqibatga olib kelmaydi.
“Vaksinalar haqidagi bu mishmishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”- dedi u. Shuningdek, O Brayen bepushtlikka olib keluvchi birorta ham vaksina yo‘qligini aytdi.
Bundan tashqari, JSST vakili turli mamlakatlarda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan preparatlar inson organizmi uchun mutlaqo xavfsiz ekani, uni qo‘llashdan oldin obdon test o‘tkazilishini aytdi, deb xabar beradi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi

Oʻzbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni maʼlum boʻldi

Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda

OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI

Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi

Telegram Google Playdan oʻchirib yuborilishi mumkin
Izohlar (0)