Tanzaniyada oʻlimga olib keluvchi yangi virus haqida maʼlum qilindi
Afrikadagi yangi virus allaqachon 15 kishining hayotiga zomin boʻlgan. Bu haqda “Satira” xabar berdi.
Xabarga koʻra, Tanzaniyaning janubi-gʻarbiy qismidagi Mbeya hududida yangi kasallik avj olgan. Ushbu yuqumli kasallik haqida maʼlumotlar koʻp emas.
“Kasallik hali keng tarqalmagan. Faqat bitta maʼmuriy hududda roʻy bergan. Odamlar qon qusgan va kasalxonaga kech yotqizilgan vaqtda vafot etishgan”, – deydi Mbeya viloyatining Chunya tumani bosh shifokori Felista Kisandu.
Taʼkidlanishicha, 15 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan. 50 nafari ogʻir ahvolda. Yuqtirganlarning aniq soni nomaʼlum. Dastlabki soʻrov shuni koʻrsatdiki, bemorlar, asosan erkaklar, oshqozon yarasi va jigar kasalliklariga chalingan. Shifokorlar kasallikni yuqtirganlarning tahlillarini oʻrganib, kasallikning kelib chiqishini aniqlashga urinishmoqda.
Qayd etilishicha, yangi infeksiya haqida maʼlumot tarqalgandan soʻng shifokor Felista Kisandu Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunni buzganligi uchun ishdan chetlatilgan.
“Aholi oʻrtasida keraksiz vahima qoʻzgʻatgani uchun, men doktor Felista Kisandani ishdan olishni, unga qarshi tergov boshlashni va 10 kun ichida hisobot tayyorlashni buyuraman”, – deydi xabarda Tanzaniya Sogʻliqni saqlash vaziri Doroti Gvajima.
Foto: bloomberg.com

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
AQSHda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi
Buxorodagi portlash boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Izohlar (0)