Kapitan Jek Chittak rostdan ham boʻlganmi?
Turkiyaning Daily Sabah gazetasida 2017-yilda mashhur “Karib dengizi qaroqchilari” kinofilmi qahramoni kapitan Jek Chittakning (Jack Sparrow) prototipi Jek Uord ismli qaroqchi ekanligi maʼlum qilingan.
Gazetada yozilishicha, Uord 1550-yillarning oʻrtalarida Angliyada tugʻilgan va afsonaviy qaroqchi sifatida mashhur boʻlgan. Uord bir kuni Tunisga suzib ketayotganida Islom dinini qabul qilgan. Kapitan qushlarni yaxshi koʻrganligi sababli unga Chittak laqabi berilgan. Umrining soʻnggi yillarini Usmonlilar imperiyasiga xizmat qilib oʻtkazgan. Uord shotlandiyalik yozuvchi va sayyoh Uilyam Litgoning esdalik yozuvlarida ham eslab oʻtilgan. Yozuvchining taʼkidlashicha, qaroqchi dastlab gʻoyatda ichkilikboz boʻlgan, ammo Islom dinini qabul qilganidan keyin alkogol ichishni batamom toʻxtatgan. Litgoning soʻzlariga koʻra, Uord boshiga salla ham oʻrab yurgan.
Bundan tashqari, 1612-yilda ingliz dramaturgi Robert Daborn tomonidan yozilgan “Turkka aylangan xristian” (A Christian turnʻd Turk) dramasi ham aynan Uordga bagʻishlangan. Unda muallif qaroqchining Islom dinini qanday qabul qilgani haqida hikoya qilgan.
Kapitan Jek Chittak besh qismdan iborat “Karib dengizi qaroqchilari” filmlar seriyasining bosh qahramoni hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Hindistonda qanday qilib haqiqiy “suv parisi” tugʻildi?
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Tirik afsona: Isaak Nyutonning olma daraxti 400 yoshda va uning urugʻlari kosmosga ham uchgan
MARSHAL OROLLARIDA QOLIB KETGAN QAYIQ
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor nima sababdan sudga berildi
Izohlar (0)