Italiya mafiyasi tez yordam serenalaridan qoʻrqishadi
Italiya mafiyasi juda qoʻrqinchli odamlar, degan nom chiqargan. Zoʻravonlik odatiga aylangan shavvozlar «Tez yordam»ni serenalardan foydalanishni tark etishga majbur qilishdi. Buning sababi shundaki, kasal olib ketayotgan mashina tomonidan birdan chalinib qolgan serena ovozi mafiyachilarning oʻtakasini yorib, noqonuniy harakatlarini amalga oshirishga xalaqit beradi.
Maʼlumki, politsiya va «Tez yordam» serenalari tovush jihatidan juda oʻxshash. Qora bozorda giyohvandlik savdosi qizib turgan diler va mijozlar bu ovozlardan qoʻrqishadi va mafiya aʼzolari uni eshitgan zahoti turli yoʻnalishlarga tarqab ketadi, bozori kasod boʻladi.
2021 yil fevral oyining boshida ikki jinoyatchi tez yordam mashinasini toʻxtatib, derazalarini urib sindirib, haydovchini serenani oʻchirmasa qotillik yuz berishi bilan qoʻrqitdi. Bu ularning shu atrofdagi rejasi asosida olib borilayotgan qilmishiga jiddiy xalaqit bergani uchun edi.
Italiyadagi shifokorlarga qarshi zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi tashkilot rahbari Neapolda shunga oʻxshash holatlar koʻpayganini aytdi. Va mahalliy deputat tez tibbiy yordam haydovchilarini davlat darajasida mafiozdan himoya qilishga chaqirdi, neapolitan Camorra mafiyasiga qarshi kurashni milliy ustuvor vazifa qilib qoʻydi, deb maʼlun qiladi cntch.com.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Bulungʻurda konservadan zaharlangan shaxs vafot etdi, yana bir bemor esa ogʻir ahvolda
Nima sababdan kitob oʻqiganimizda uyqu keladi?
Qahramon itlar
Timsoh bilan 20 yillik do`stlik
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Yangi-Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning yaqinlariga 105 mln soʻmdan berildi
Izohlar (0)