Navroʻz 10 kun nishonlanadi

Hujjatga koʻra, ushbu bayramni 14-martdan 23-martgacha nishonlash taklif etilmoqda:
14-mart — Tabriklar kuni;
15-mart — Tabiat kuni;
16-mart — Ajdodlar xotirasi va duolari kuni;
17-mart — Tarix kuni;
18-mart — Hayrli ishlar kuni;
19-mart — Sport va mahorat kuni;
20-mart — Donolik va bilim kuni;
21-mart — Milliy taomlar kuni;
22-mart — Xalqning ulugʻ kuni;
23-mart — Ehtirom kuni.
“Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev “Mustaqillik — eng aziz neʼmat” maqolasida Navroʻz bayramini nishonlash konsepsiyasini ishlab chiqish va bahor bayrami mazmunini boyitishga koʻrsatma bergan. Navroʻz bayramining asosiy maqsadi — Qozogʻiston zaminida tinchlik va doʻstlikni mustahkamlash, milliy oʻzlikni saqlash, oilaviy qadriyatlarni ommalashtirish, atrof-muhitga oqilona munosabatni shakllantirish”, deyilgan hujjatda.
Konsepsiyaga koʻra, bayramning vazifasi qozoq xalqining anʼanalari va odatlarini qayta jonlantirish, oila institutini mustahkamlashi va birlikni taʼminlashi, atrofi muhitni asrash kerakligini oʻrgatish boʻladi. Tegishli loyiha muhokama uchun eʼlon qilingan, bu haqda “Tengrinews.kz” axborotiga asoslanib, human.uz xabar beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

AUKSIONDA “MAN” AVTOMASHINASI

Dunyodagi eng quruq joy

Yerga yaqin masofada uchib oʻtadigan asteroid sayyoramiz uchun qanday xavf tugʻdiradi?

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi

ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…

Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
Izohlar (0)