Ebola bezgagi epidemiyasi boshlangani eʼlon qilindi
Gvineya hukumati mamlakat janubida Ebola bezgagi epidemiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Guinee114 yangiliklar portali hukumat bayonotiga tayanib xabar berdi.
“Gvineya hukumati Guyeke hududidagi Nzerekore prefekturasida Ebola virusi keltirib chiqaradigan kasallik epidemiyasi haqida eʼlon qiladi”, — deyiladi bayonotda.
Hukumat maʼlumotlariga qaraganda, Ebola bilan bogʻliq birinchi holat Guyeke shahridagi hamshirada qayd etilgan, u 28-yanvar kuni vafot etgan. Keyinroq uning dafn marosimida qatnashgan yetti kishida ham kasallik aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan. Shoshilinch majlisda kasallikning tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha bir qator choralarni joriy qilishga, shu jumladan, Ebola bilan kasallangan bemor bilan muloqotda boʻlganlarning barchasini aniqlash va izolyatsiya qilishga qaror qilindi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus ayni paytda tekshiruv testlari oʻtkazilayotganini maʼlum qilgandi.
Janubiy Afrikada joylashgan Gvineyada 2016-yildan beri birinchi marta Eboladan kamida toʻrtta oʻlim holati qayd etilgani xabar berilgan.
Maʼlumot uchun, Ebola virusi odam va hayvonlarga taʼsir qiluvchi oʻtkir infeksiyani keltirib chiqaradi. Kasallik birinchi marta 1976-yilda aniqlangan. Ushbu virusli kasallik 2013—2016-yillarda Gʻarbiy Afrikada juda keng tarqalib ketdi. Gvineyada boshlangan kasallik Liberiya va Serra-Leonega ham oʻtib ketdi. Kasallikning oʻziga xos xavfli jihati unda kasallanganlar orasida oʻlim holatining yuqoriligidadir. Oʻsha paytda 11 315 kishi yoki kasallarning 50 foizi vafot etgan. 2019-yilning iyul oyida Kongoda qayd etilganidan keyin JSST xalqaro favqulodda holat eʼlon qilgan. Mamlakatda kasallik paydo boʻlganidan buyon 2200 kishi vafot etgan, deb xabar beradi daryo.uz.
Foto: Reuters
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 7 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Tanzaniyada oʻlimga olib keluvchi yangi virus haqida maʼlum qilindi
Izohlar (0)