Toj Mahalda sayyohlar nima sababdan evakuatsiya qilindi?
Dunyoning nodir yodgorliklaridan biri, yer yuzining sayqali Toj Mahalda sayyohlar evakuatsiya qilindi. Bunga sabab ro‘y berishi mumkin bo‘lgan portlash xavfidir. Bu haqda Hindustantimes nashri xabar bergan. Xabarda aytilishicha, hududni mingdan ortiq kishi tark etgan.
“Bizga dispetcherlik punktidan xabar berildi, qo‘ng‘iroq qilgan odam Toj Mahalda bomba borligi, tez orada portlashi haqida aytdi. Toj Mahal atrofida tekshirish ishlari olib borilmoqda”- deya taʼkidlagan politsiya vakili Shiv Ram Yadav.
Bomba portlashi haqidagi xabar ertalab kelib tushgan. Mutaxassislar kompleksni tekshirishgan, ammo hech qanday portlovchi modda topilmagan. Politsiyada aytilishicha, qo‘ng‘iroq qilgan odam shuningdek, harbiy xizmatga chaqiruvda kamsitishlar bo‘layotganini ham aytgan.
Ushbu holat yuzasidan to‘plangan maʼlumotlar Hindiston sanoat xavfsizligi markaziy xizmatiga yuborilgan, deb yozadi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Jizzaxda qulagan binoning yonidagisi ham omonat turgani ma’lum bo‘ldi
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi
Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor nima sababdan sudga berildi
“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
Izohlar (0)