Unvondan mahrum etildi
Arxiv surat
Germaniyaning Gessen federal yeri Babenxauzen shahri deputatlari Adolf Gitlerni mazkur kentning faxriy fuqarosi unvonidan mahrum qildi. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.
Ushbu qaror Gitlerning vafotidan 76 yil oʻtgach qabul qilingan. Nashrning yozishicha, bu harakat shaharning totalitar oʻtmishi bilan kurashining bir qismi. Shahar kengashi aʼzosi Ingo Rorvasser esa bu holatni “murosasizlik va irqchilikka qarshi signal”, deya izohladi.
Gitler 1933-yil aprel oyida Babenxauzenning faxriy fuqarosi deya eʼlon qilingan edi. Gitler qoʻshinlari 1939-yilda Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlangan.
Adolf Gitler 1945-yilning 30-aprelida Sobiq Ittifoq qoʻshinlari Berlinga kirib kelishi bilan oʻz joniga qasd qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)