Messi “Barselona”ni tark etdi
Hujumchi Lionel Messi “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolamadi. Bu haqda bugun, 5 avgust kuni futbol klubi saytida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, tomonlar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgan, biroq uni iqtisodiy va tizimli to‘siqlar (La Liga qoidalari) tufayli rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Natijada Messi “Barselona”ni tark etadi.
«Ikkala tomon ham futbolchi va klubning istaklari oxir-oqibat amalga oshmaganidan qattiq afsusda», — deyiladi xabarda.
“Barselona” klubi futbolchiga klub rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda unga shaxsiy va professional hayotida omad tiladi.
34 yoshli Messining “Barselona” bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugagandi. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi Kataloniya klubi bilan shartnomani 5 yilga uzaytirish niyatida bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)