“Tolibon” Afg’oniston viloyat markazini egalladi
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston janubi -g‘arbidagi Nimro‘z viloyati markazi Zaranj shahrini egallab oldi. Eron chegarasi yaqinida joylashgan shaharning hukumat nazoratidan chiqqani hozircha rasman tasdiqlanmagan. Bu haqda BBC xabar qildi.
Zaranj toliblarning so‘nggi hujumlari vaqtida egallangan birinchi viloyat markazi bo‘ldi. Bungacha Hirot, Lashkargoh va Qandahor kabi yirik shaharlar uchun ham janglar olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, “Tolibon” mamlakat hududining 50 foizdan 80 foizgacha qismini nazorat qiladi. Lekin shu kungacha u viloyat markazlarini nazorat qilmagan.
Katta savdo shahri bo‘lgan Zaranj yon atrofidagi hududlar toliblar tomonidan egallanganidan so‘ng, uzoq davom etgan janglar natijasida quladi.
BBC‘ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik boshqarmasining hududiy bo‘limida hamon janglar davom etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda shaharda talonchilik aks etgan videolar tarqala boshladi.
Reuters agentligi maʼlumotiga ko‘ra, jangarilar hukumat qo‘shinlariga madad kuchlari kelmagani oqibatida qo‘ldan chiqqan. Toliblar shahardagi aeroportni ham egallab olgan.
Zaranjning qo‘lga olinishi “Tolibon” hujumining kuchayishiga turtki beradi. Bu qariyb 20 yil Afg‘onistonda bo‘lgan AQSH qo‘shinlarini olib chiqib ketish fonida bo‘lyapti.
Maʼlumotlarga ko‘ra, yanvar oyidan beri 294 mingga yaqin afg‘on majburan uyini tark etgan. Mamlakatdagi umumiy qochqinlar soni esa 3,5 mlnga yetgan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)