O'zbegimning Bibilarin Sorasiga
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, ajoyib shoira
Bibisora aya Turobovaga hurmat va ehtirom ila bag'ishlayman.
Tushib qolib shoirlarning orasiga,
Ishonmadim ko'zlarimning qarosiga.
Maftun bo'ldim bag'rikenglik balqib turgan,
O'zbegimning Bibilarin Sorasiga.
Har so'zidan uqdim hikmat hosilasin,
Baytlariga ilgan marjon shokilasin.
Bergan ekan Olloh sabr sokinasin,
O'zbegimning Bibilarin Sorasiga.
Ummon mehr jamdir Yurtim onasida,
Zulfiyalar yashar ko'ngil oynasida,
Bir she'r bitgim keldi Do'rmon xonasida,
O'zbegimning Bibilarin Sorasiga.
To'marisdek shiddatiga tasannolar,
Sermahsullik sur'atiga tasannolar.
Asra, Xalqim, kerak emas mol- dunyolar-
O'zbegimning Bibilarin Sorasiga.
Qalamidan tomib turar she'r-u g'azal,
Haq yo'lida ibodatda som'e azal,
Farog'at ber, Qodir Egam, ayni mahal,
O'zbegimning Bibilarin Sorasiga.
Maqsuda Karimova
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)