Navoiyda prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili brifing oʻtkazdi
Oʻzbekiston “Adolat” SDP Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimovning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili – “Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashining raisi Rustam Xayitov OAV vakillari bilan brifing oʻtkazdi.
Brifingda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining deputatlari, partiya faollari, blogerlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Brifingda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining deputatlari, partiya faollari, blogerlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Brifingda ishonchli vakil tomonidan nomzodning saylovoldi dasturida jamiyatimizdagi eng ogʻriqli masalalar qamrab olinganligiga eʼtibor qaratdi. Jumladan, bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga uch yoshdan emas, ikki yoshdan boshlab, hech qanday navbatlarsiz, yuz foiz qamrab olinishiga erishish. Sotsial-demokratiya gʻoyalariga mos ravishda davlat maktabgacha taʼlim tizimini toʻliq bepul qilish. Shuningdek, davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari roʻyxati qayta shakllantirilib, ular bilan aholini kafolatli taʼminlash tizimi bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish kabi muammolar oʻrin olganligiga urgʻu berdi.
Shu maqsadda dorilarning yagona elektron bazasi tizimini shakllantirish yordamida dori-darmon spekulyatsiyasiga, dorilarning narxi asossiz oshirilishiga chek qoʻyish kabi dolzarb masalalar jurnalistlar tomonidan qizgʻin kutib olindi.
Navoiy viloyatida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod B.Abduhalimovning ishonchli vakil R.Xayitovning viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejasi jurnalistlarga ma'lum qilindi.
Samimiy ruhda oʻtgan tadbirda jurnalistlar, blogerlar va partiya hamkorligining nechogʻli muhim ekanligi eʼtirof etilib, OAV tomonidan tarqatilayotgan axborotlarning tezkorligi va xolisligini taʼminlashda oʻzaro axborot almashishga kelishib olindi.
“Adolat” SDP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)