Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yigʻilishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
A.Umarxonov 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.
2020-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Deputatlar reglamentga muvofiq Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan maʼqulladilar.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Maktablarga direktorlar tayinlandi

Paypoqdagi giyohvand modda

Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi

NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?

Bogʻchalardan birida koronavirus aniqlandi

Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Izohlar (0)