“Anadolu-2021”: Oʻzbekiston harbiylari Turkiyada oʻtkazilayotgan xalqaro harbiy mashqlarda ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Turkiyaning Anqara shahriga yaqin hududda oʻtkazilayotgan “Anadolu-2021” xalqaro harbiy mashqlarida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining mayor O.Sharipov boshchiligidagi bir guruh harbiy xizmatchilari ishtirok etishmoqda.
Ushbu xalqaro harbiy mashqlar Turkiya maxsus kuchlari qoʻmondonligi tomonidan tashkillashtirilgan va unda Oʻzbekiston harbiylari bilan birgalikda Albaniya, Qatar, Pokiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va mezbon davlat maxsus kuchlarining boʻlinmalari qatnashyapti.
Xalqaro harbiy mashqlardan asosiy maqsad, tahdid va xatarlar kuchaygan zamonaviy sharoitlarda belgilangan vazifalarni bajarish amaliyotida qoʻshma harakatlarni amalga oshirish uslublarini takomillashtirish, jangovar tayyorgarlik sohasida tajriba almashish va xalqaro harbiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Mergan ayol
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Yoshlari bilan uchrashuv
Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi
Oʻzbekiston — Amerika aloqalari ijobiy oʻsish surʼatlarda
“Biatlon” Kubogi gʻoliblari aniqlandi
Izohlar (0)