MATBUOT FORUMI OʻTKAZILADI

Tadbir boshlanishdan avval jurnalistlar yana shunday hisobot va uni gazetaga chop etish boʻlsa kerak deb oʻylashardi. Ammo, matbuot anjumani mutlaqo boshqacha ruhda oʻtkazildi.
Raʼno Hayitova tadbirni ochib berar ekan, anjuman rasmiylikdan xoli, oʻzaro hamkorlikka kuch beradigan tadbir boʻlishini taʼkidladi.
-Albatta bu tadbir taʼlim va ommaviy axborot vositalari oʻrtasida muhim burilish yasaydi. Yaqinda “Oʻqituvchi gazeta oʻqishni rad etdi” maqolamiz chop etilgandi. Jamiyatimizning eng katta kuchi va maʼnaviyatli qatlami boʻlgan oʻqituvchilarimiz albatta gazeta oʻqishlari va munozara, muhokama qilishlari kerak. Oʻquvchi yoshlarimizning ijodiy ishlarini gazetalarda chop ettirib, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishimiz kerak. Maʼnaviyat hammaga kerak, - deb taʼkidlaydi “Navoiy ziyosi” gazetasi muharriri Sanjar Qurbonov.
Matbuot anjumanida yigʻilgan maktab direktorlaridan Dilyara Tuxfatullina hozirgi kun jurnalistlari toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi:
- Hozirgi kunda blogerlik avj olib ketdi. Arizmagan kamchilikni internet tarmoqlarida boʻrttirib koʻrsatish ularga xos boʻlib qoldi. Lekin haqiqiy jurnalist bunday holatlarni boshqacha tasvirlaydi, boshqacha yondoshadi. Biz haqiqiy jurnalistlar bilan ishlashimiz kerak.

Bu taklifni yigʻilganlar astoydil qoʻllab-quvvatlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Oʻzbekistonda 2024-yilgacha maktab oʻqituvchilarining oyligi ming dollarga yetadi

Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi

“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi

Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi

Har haftada bir kitob

Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Izohlar (0)