28 yilllik orzu

Navbahor tumanining Burqut mahallasida yashovchi Hikmatoy Xudoynazarovaga hayot koʻplab sinovlar berdi. Oʻzi 2-guruh nogironi boʻlgan ayolning farzandi ham nogiron tugʻildi. Ushbu mahallaga kelin boʻlib tushganiga 28 yil boʻlgan ayol kam-koʻstini toʻldirib, shinam va yorugʻ xonadonda istiqomat qilishni orzu qilardi. “Ayollar daftari”ga kiritilgach, uning orzusi ushaldi. 25 million soʻm mablagʻ ajratilib, Hikmatoy Xudoynazarovaning xonadoni taʻmirlab berildi.
Bugun Hikmatoy Xudoynazarova oʻzi orzu qilgandek yorugʻ va shinam xonadonda istiqomat qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)